locale OZ

Sport vaziri Butunjahon Para Atletika tashkiloti rahbariyati bilan uchrashdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adxam Ikramov Butunjahon Para Atletika tashkiloti rahbari Fitsjerald Pol Uilyam va bosh menejer Martin Chorli bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda, shuningdek, Milliy Paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Toshxo‘jayev ham ishtirok etdi.

Muloqot davomida vazir mamlakatimizda para sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, zamonaviy sport inshootlari hamda sportchilarga yaratilgan shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, o‘zbekistonlik para atletlarning salohiyati va yutuqlari alohida ta’kidlandi.

Uchrashuvda para sportni yanada rivojlantirish, xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari tashkil etish hamda tajriba almashish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting