locale OZ

Sport vaziri Bahrayn-2025 III Osiyo yoshlar o‘yinlarida ishtirok etayotgan sportchilarimiz bilan uchrashdi

MMA bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi jami 8 nafar atlet bilan ishtirok etmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sport vaziri Bahrayn-2025 III Osiyo yoshlar o‘yinlarida ishtirok etayotgan sportchilarimiz bilan uchrashdi
Фото: Спорт вазирлиги

Bahrayndagi delegatsiyamiz a’zolari bilan uchrashuvlarni davom ettirayotgan Sport vaziri Adxam Ikramov musobaqalarda o‘z ishtirokini boshlagan MMA bo‘yicha sportchilarimiz bilan muloqot qildi.

Uchrashuvda Sport vaziri terma jamoamiz a’zolari bilan tayyorgarlik jarayonlari va ular uchun yaratilgan zarur sharoitlar haqida suhbatlashib, oldinda turgan bahslarda sportchilarimizga omad tiladi.

Bahrayn-2025 III Osiyo yoshlar o‘yinlarida MMA bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi jami 8 nafar atlet bilan ishtirok etmoqda.

MMA bo‘yicha bugungi bahslarda terma jamoamiz a’zolari Abdisalom Genjebayev (80 kg), Avaz Anvarov (50 kg), Ibrohimjon Botirov (55 kg), Kamronbek Qodirov (65 kg), Abdulboriy Abdug‘ofurov (70 kg) bahslarga kirishadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting