locale OZ

Sport vaziri an'anaviy yoga festivalida ishtirok etdi

Yoga kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda vazir va xorijiy mehmonlar ishtirok etdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: minsport.uz

Bugun, 21 iyun poytaxtimizdagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi markaziy xiyobonda 21 iyun — Xalqaro yoga kuni munosabati bilan an'anaviy yoga festivali bo‘lib o‘tdi.

Festivalning ochilish marosimida Sport vaziri Adham Ikramov, Hindistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Smita Pant xonim, turli tashkilot va korxonalarning xodimlari, yoga markazlari a'zolari, o‘quvchi yoshlar, mahalliy aholi va xorijiy mehmonlar faol ishtirok etdi.

Yildan-yilga an'anaviy tus olayotgan ushbu festival mamlakatimizda 2019 yildan buyon muntazam tashkil etib kelinmoqda. Yogaga qiziqayotganlar soni ortib, ushbu tur sog‘lom turmush tarziga qaratilgan harakat sifatida keng tarqalmoqda.

Ta'kidlash joizki, joriy yil 25–27 aprel kunlari Hindistonning Nyu-Delhi shahrida yoga bo‘yicha ikkinchi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik sportchilar turli yo‘nalishlarda ishtirok etib, jami 26 ta medalga sazovor bo‘lishdi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting