locale OZ

Sport vaziri Adham Ikramov WADA vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sport vaziri Adham Ikramov WADA vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Фото: Спорт вазирлиги

Butunjahon antidoping agentligi (WADA) vakillari O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turibdi.

Kechа WADA vakillari O‘zbekistonda antidoping sohasidagi qonunchilikning amalga oshirilish holatini o‘rganish maqsadida Hukumat vakillari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

Bugun WADA departament direktori o‘rinbosari E.Simonelli, Osiyo-Okeaniya mintaqasi vakili S.Perumall, O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov hamda O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi direktori Abdushukur Sadikov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot jarayonida Sport vaziri mamlakatimizda barcha sohalar qatori sport va antidoping yo‘nalishlari ham jadal rivojlanib borayotganini, ushbu yo‘nalishga hukumat darajasida alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

O‘z navbatida, WADA vakillari o‘zbekistonlik sportchilar so‘nggi yillarda xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishib, jahon sport maydonida o‘z o‘rnini mustahkamlab borayotganini qayd etdi. Shuningdek, dopingga qarshi kurashish sohasida ham sezilarli o‘sish kuzatilayotgani alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv doirasida dopingga qarshi kurash bo‘yicha qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting