Sport vaziri Adham Ikramov Olimpiya shaharchasidagi qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Photo: Sport vazirligi
Bugun Sport vaziri Adham Ikramov Olimpiya shaharchasi hududida barpo etilayotgan Paralimpiya sport turlariga mo‘ljallangan milliy terma jamoalar markazi, Davlat sport tibbiyoti va ilmiy amaliy markazi hamda suv havzasi inshootlarining qurilish jarayonini ko‘zdan kechirdi.
Shuningdek, o‘rganish davomida mazkur inshootlarning sportchilar uchun qulay tarzda bunyod etilishi hamda uning xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlash, qurilish jarayonlarini o‘z vaqtida va sifatli tarzda yakunlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist