Sport sohasida xalqaro hamkorlik aloqalari rivojlanmoqda
Sport vaziri Adham Ikramov Rossiya Federatsiyasi Sport vaziri birinchi o'rinbosari Odes Baysultanov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o'tkazdi.
Suhbat davomida ikki davlat o'rtasida jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Boshqirdiston Respublikasida o'tkazilishi rejalashtirilayotgan yirik sport tadbirlari yuzasidan fikr almashildi. Mazkur masala yuzasidan tadbirda ishtirok etgan Boshqirdiston Respublikasi Hukumatining Bosh vazir o'rinbosari – Sport vaziri Ruslan Xabibov ham ma'lumot berdi.
Uchrashuvda Adham Ikramov tomonidan O'zbekistonda sport sohasida erishilgan yutuqlar, sohani raqamlashtirish borasida erishilgan natijalar hamda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari haqida to'xtalib o'tildi.
O'z navbatida Rossiya Davlat Dumasi deputati Rima Batalova O'zbekiston sportida erishilgan yutuqlardan zavqlanganligini alohida ta'kidladi.
Tashrif doirasida mehmonlar Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etilgan Toshkentdagi Olimpiya shaharchasi bilan yaqindan tanishib, sport infratuzilmasi, zamonaviy majmualar va yaratilgan sharoitlarga yuqori baho berdilar.