locale OZ

Sport sohasida 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi

Nufuzli musobaqalarga iqdidorli yoshlarni tayyorlash ishlari o‘z holiga tashlab qo‘yilganligi alohida taʼkidlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sport sohasida 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi
Sport sohasida 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi

Taqdirlash tadbirlaridan so‘ng viloyat rahbari boshchiligida sport sohasida 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tanqidiy muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda bir qator sport maktablarida ishlar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi, jumladan olimpiya sport turlari bo‘yicha seleksiya ishlari, mashg‘ulotlar, terma jamoalarga sportchilarni yetkazib berish, nufuzli musobaqalarga iqdidorli yoshlarni tayyorlash ishlari o‘z holiga tashlab qo‘yilganligi alohida taʼkidlandi.

Shuningdek, yaqindagina bo‘lib o‘tgan "Prezident olimpiyadasi" musobaqalarida faqatgina Yengil atletika, Sport kurashlari va Taekvondo WT turlari bo‘yicha yuqori o‘rinlar qo‘lga kiritilganligi, aksincha badiiy gimnastika, stol tennisi, boks, dzyudo kabi sport turlari bo‘yicha erishilgan natijalar mutlaqo qoniqarsiz ekanligi ko‘rsatib o‘tildi.

Yig‘ilish so‘ngida tegishli masʼullarga har bir sport maktablari, trenerlar va sport turlari kesimida ishlarni qaytadan ko‘rib chiqish, trenerlarni muammo va takliflarini o‘rganish, joylarda mashg‘ulotlar sifatini oshirish, ortda qolayotgan sport turlarini rivojlantirish, seleksiya tizimini tubdan o‘zgartirish bo‘yicha vazifa va topshiriqlar belgilab berildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting