locale OZ

Sport maktablari faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sport maktablari faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Фото: Спорт вазирлиги

Sport vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyuldagi 407-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan ishlab chiqilgan vazirlikning tegishli buyrug‘i loyihasi mazmuni va asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.

Taqdimot Sport vazirligi bo‘lim boshlig‘i Muzaffarxo‘ja Rahmatxo‘jayev tomonidan o‘tkazilib, unda mazkur buyruqda belgilanayotgan asosiy vazifalar, sport maktablari faoliyatini takomillashtirish, sportchilarni saralash va tayyorlash, trenerlar faoliyatini rag‘batlantirish hamda tizimni raqamlashtirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Taqdimot loyihasi muhokamasida Sport vazirligining tegishli sohaviy boshqarma va bo‘lim boshliqlari ishtirok etib, buyruq loyihasini takomillashtirish yuzasidan fikr va takliflarini bildirdi.

Muhokama yakunida 407-son qaror ijrosini samarali ta’minlash va amaliyotga joriy etish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting