Sport kurashlari boʻyicha U15 yosh toifasidagi Osiyo chempionati yakunlandi
Ertadan U20 yosh toifasidagi bahslar boshlanadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Olympic uz
Tailangning Pattaya shahrida sport kurashlari boʻyicha U15 yosh toifasidagi Osiyo chempionati nihoyasiga yetdi.
Oʻtkazilgan erkin kurash bahslarida yurtdoshlarimiz 1 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallariga sazovor boʻlishdi.
Oltin medal:
-38 kg: Otabek Toʻxtamurodov
Kumush medal:
-41 kg: Asomiddin Badriddinov
-62 kg: Ismoiljon Nazirjonov
Bronza medal:
-57 kg: Ozodbek Abduvoitov
-68 kg: Behruz Davronov
Bugun musobaqada dam olish kuni. Ertadan U20 yosh toifasidagi bahslar boshlanadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist