Sport federatsiyalari bilan ustuvor rejalar ko‘rib chiqildi
Shuningdek, federatsiyalarning Olimpiya shaharchasidagi joylashuvi masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Olympic.uz
Bugun Sport vazirligi va Milliy Olimpiya qo‘mitasi rahbariyati sport federatsiyalari hamda assotsiatsiyalarning mas’ullari bilan istiqbolli rejalar yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat davomida O‘zbekiston delegatsiyasining shu kunlarda Ozarbayjonda tashkil etilayotgan III MDH o‘yinlaridagi ishtiroki tanqidiy tahlil qilindi.
Shuningdek, Bahrayn-2025 III Osiyo yoshlar o‘yinlariga tayyorgarlik va federatsiyalarning Olimpiya shaharchasidagi joylashuvi masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda sportchilarni Bahraynda bo‘ladigan musobaqaga har tomonlama puxta tayyorlash bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Shu bilan birga, delegatsiya tarkibi va terma jamoalarning Manamaga safar rejasi qayta ko‘rib chiqildi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist