locale OZ

Sohil voleyboli. Barchasi Filippindan boshlanadi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sohil voleyboli. Barchasi Filippindan boshlanadi
PHOTO: Google

Sohil voleyboli bo’yicha Osiyo va Olimpiya o’yinlari sari ilk qadamlar Filippin davlatidan boshlanadi.

Gap shundaki, 2 apreldan Filippinnning Nuvali shahrida sohil voleyboli bo’yicha erkaklar va ayollar jamoalari o’rtasida “AVC BEACH TOUR” 2-ochiq xalqaro turniri start oladi. Ushbu musobaqa Osiyo va Olimpiya o’yinlari yo’lidagi muhum ochkolarni jamg’arish imkoniyatini taqdim etadi.

Ayollar bahsida yigirmata davlat vakillari qatorida hamyurtlarimiz Zarnigora Asqarova/Nozimaxon Jamolova juftligi g’oliblik uchun kurash olib borsa, erkaklar o’rtasidagi bahslarda Dilshodbek Toliboyev/Azamat Dauliboyev hamda G’olibjon Mustafoyev/Nodirjon Alekseevlar o’z omadlarini sinab ko’rishadi.

Xalqaro turnir 5 aprelga qadar davom etadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting