locale OZ

Sohil voleybolchilarimiz \"AVC BEACH TOUR\"ni mag'lubiyat bilan boshladi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sohil voleybolchilarimiz "AVC BEACH TOUR"ni mag'lubiyat bilan boshladi
PHOTO: Telegram

Filippinning Nuvali shahri sohil voleyboli bo'yicha erkaklar va ayollar o‘rtasidagi “AVC BEACH TOUR” turniriga mezbonlik qilayotgani haqida xabar bergandik.

24 ta erkaklar va 20 ta ayollar jamoalari qatnashayotgan nufuzli musobaqada ilk bor ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari birinchi kungi o‘yinlarda raqiblariga imkoniyatni boy berdi.
Zarnigora Asqarova/ Nozimaxon Jamolova juftligi dastlabki o‘yinda yaponiyalik Asami SHiba/Reyka Murakamiga yutqazib qo‘yishdi.

Terma jamoamiz a’zolari Dilshodbek Toliboyev/Azamat Dauliboyevning mazkur xalqaro turnirning o‘tgan yilgi g‘olibi eronlik Alireza Agadjanigxasab/Abbas Purasgari bilan ro‘baro‘ keldi. Uchrashuvda tajriba o‘z so‘zini aytdi. Eronlik voleybolchilar muvaffaqiyatga erishdi.

Indoneziyalik Jeyms Buytrago/Ranselya Vargi bilan kuch sinashgan hamyurtlarimiz G‘olibjon Mustafoyev/Nodirjon Alekseyev bahsida Indoneziya jamoasiga omad kulib boqdi.

Musobaqalar 5 aprelga qadar davom etadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting