locale OZ

Sohil voleybol. Talabalar o'rtasidagi musobaqa yakunlandi

Bir necha kun davomida qum maydonida kechgan bahslarda yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan talaba-yoshlar g‘oliblik uchun murosasiz kurash olib bordilar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sohil voleybol. Talabalar o'rtasidagi musobaqa yakunlandi
photo: Ot sporti Uzbekistan

Sohil voleybol. Talabalar o'rtasidagi musobaqa yakunlandi

Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi Xalqaro Innovatsion Universiteti mezbonligida sportning sohil voleyboli turi bo‘yicha Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqa o‘z nihoyasiga yetdi

Bir necha kun davomida qum maydonida kechgan bahslarda yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan talaba-yoshlar g‘oliblik uchun murosasiz kurash olib bordilar.

Musobaqa davomida jamoalar yuqori sport mahorati, jamoaviy hamjihatlik va g‘alabaga bo‘lgan qat’iyatini namoyish etdilar.

Yakuniy bahslarda eng kuchli jamoalar aniqlanib, g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi

G‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimida O‘zbekiston Voleybol federatsiyasi raisi o‘rinbosari Qodirali Mamadaliyev ishtirok etib, sportchilarga diplom va sovrinlarni topshirdi.

Barcha ishtirokchilar, g‘olib va sovrindorlar, murabbiylar hamda musobaqa tashkilotchilarini muborakbod etamiz.

Talabalar o‘rtasidagi bunday musobaqalar sohil voleybolini ommalashtirish, yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish va iqtidorli sportchilarni kashf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting