Sohil futboli terma jamoasi yig‘inni boshladi
Terma jamoalar markazida sohil futboli bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini boshlandi.
Milliy terma jamoa bosh murabbiyi Ahadjon Yusupov mazkur yig‘inga 17 nafar futbolchini jalb etdi. Ularning 3 nafari darvozabon, 14 nafari esa maydon o‘yinchilaridir.
24-iyun kuni kechki payt start olgan yig‘in 30-iyunga qadar davom etadi. Mashg‘ulotlarning dastlabki ikki kunida murabbiylar shtabi futbolchilarning jismoniy holatini tiklash va funksional tayyorgarligini yaxshilashga asosiy e’tiborni qaratmoqda. Shu sababli bu davrda to‘p bilan ishlash mashqlari kuniga bir mahaldan olib boriladi.
Yig‘inning uchinchi kunidan boshlab yuklamalar oshiriladi. Nomzodlar har kuni ikki mahaldan o‘tkaziladigan intensiv mashg‘ulotlarda ishtirok etib, bo‘lajak musobaqalarga puxta hozirlik ko‘rishadi