locale OZ

Sohil futboli bo'yicha Osiyo Kubogi musobaqasiga qur'a tashlandi

Qur'aga ko'ra, 12 ta jamoa uch guruhga bo'lindi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sohil futboli bo'yicha Osiyo Kubogi musobaqasiga qur'a tashlandi
Фото: Ўзбекистон футзали

Bugun Malayziyaning Kuala-Lumpur shahridagi OFK qarorgohida sohil futboli bo'yicha Osiyo Kubogi musobaqasiga qur'a tashlandi.

Qur'aga ko'ra, 12 ta jamoa uch guruhga bo'lindi.

"A" guruhida mezbon Tailand musobaqaning uch karra g'olibi Yaponiya, 2006-yilgi chempion Bahrayn hamda Iroq bilan kurash olib boradi.

Rekord darajadagi beshinchi sovrinni maqsad qilgan Eron "B" guruhidan joy oldi va u yerda Livan, Vetnam hamda Afg'oniston bilan to'qnash keladi.

"C" guruhida esa O'zbekiston 2015-yilgi chempion O'mon, ikki karra g'olib Birlashgan Arab Amirliklari va Saudiya Arabistoni o'zaro kuch sinashadi.

Guruhlarda birinchi va ikkinchi o'rinni egallagan jamoalar, shuningdek, uchinchi o'rinni egallagan eng yaxshi ikkita jamoa chorak finalga yo'l oladi.

XII Osiyo chempionati 2026-yilning 18–28-noyabr kunlari Pxangnga provinciyasida bo'lib o'tadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting