locale OZ

Sog‘lom tan – sifatli ta’lim: Navoiyda ustozlar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Navoiy viloyatida pedagog xodimlar o‘rtasida “Sog‘lom tan – sifatli ta’lim” shiori ostida sport musobaqalarining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” doirasida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyati Kengashi, viloyat maktabgacha va umumiy ta’lim hamda sport boshqarmalari hamkorligida tashkil etildi.

Prezidentning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida belgilangan 67-maqsad — aholining jismoniy faollikka jalb etilishini ta’minlashda ana shunday musobaqalar muhim o‘rin tutadi.

Tadbirda mini-futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat va shashka bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazildi. Viloyat bosqichida tuman va shaharlarda saralangan 400 nafarga yaqin ustoz-o‘qituvchi qatnashdi. Ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar so‘nggi yillarda mamlakatimizda sport va sog‘lom turmush tarziga qaratilayotgan e’tibor haqida to‘xtalib, “Sog‘lom inson — sog‘lom millat” umumxalq harakati doirasidagi islohotlarni alohida ta’kidlashdi.

Musobaqalar yuqori kayfiyat va kuchli raqobat ruhida o‘tdi. Bir qator yo‘nalishlarda Xatirchi tumani jamoasi yetakchilik qildi. Ular mini-futbol, ayollar voleyboli, shaxmat (Yoqutxon Bobonorova), shashka bo‘yicha erkaklar (Alisher Doniyorov) va ayollar o‘rtasida (Aziza Yusupova) g‘olib chiqishdi.

Erkaklar voleybolida Qiziltepa tumani jamoasi, stol tennisi bo‘yicha esa Karmana (Doston Muhammadiev) va Navbahor tumanlari (Dilnoza Ro‘ziqulova) vakillari g‘alaba qozondi. Erkaklar o‘rtasidagi shaxmat bahsida esa navbahorlik Shuxrat Axtamov birinchi o‘rinni egalladi.

G‘olib va sovrindorlar diplom va sport formasi bilan taqdirlandi. Umumiy hisobda eng ko‘p ochko to‘plagan Xatirchi tumani jamoasi Kasaba uyushmalari Kubogi va 30 million so‘mlik pul mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting