locale OZ

Sog‘lom hayot sari bir qadam: institutda sport sinovlari o‘tkazildi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sog‘lom hayot sari bir qadam: institutda sport sinovlari o‘tkazildi
Rasm: Gazeta.uz

Shahrisabz davlat pedagogika institutida talabalar o‘rtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda talabalar o‘zlarining jismoniy salohiyati, bardoshliligi va chaqqonligini namoyon etishdi.

Sinov dasturiga turli jismoniy mashqlar – masofaga yugurish (uzoq va qisqa), turgan joydan uzunlikka sakrash, gimnastika o‘rindig‘ida oldinga egilish (tizzalarni bukmasdan), hamda turnikda tortilish kabi elementlar kiritilgan bo‘lib, har bir ishtirokchi belgilangan normativlar asosida baholandi.

Ushbu sport sinovlari talabalar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish, iroda va matonatni mustahkamlash, shuningdek, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu orqali institutda sog‘lom avlodni shakllantirishga qaratilgan sa’y-harakatlar yanada samarali bo‘lmoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting