locale OZ

Sofiyadagi jahon chempionatida hal qiluvchi kun

O‘zbekistonlik o‘smir dzyudochilar medallar uchun tatamiga chiqishmoqda
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz

Bugun, 30 avgust kuni Bolgariya poytaxti Sofiyada kadetlar o‘rtasidagi Jahon chempionati yakka kurash bellashuvlarining so‘nggi kuni bo‘lib o‘tmoqda. Kun yakunida yana to‘rtta vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.

O‘zbekiston terma jamoasining og‘ir vaznli to‘rt dzyudochisi medallar hamda qimmatli reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadi. Saralash bahslari Toshkent vaqti bilan soat 12:30 da start oladi.

🇺🇿 O‘smir dzyudochilarimizning ilk raqiblari:
• +70 kg: Zarina Bobonazarova — Mariya Cherkelieva (Bolgariya)
• +70 kg: Umida Nighmatova — Astan Sako (Fransiya)
• –90 kg: Musurmonqul Ahraorov — Mayus Petrauskas (Litva)
• +90 kg: Alibek Durdiev — Abel Sekeres (Vengriya)

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting