Sobiq UFC jangchisi Amazonka daryosida cho‘kib ketdi
Hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FOTO: Getty Images
45 yoshli braziliyalik sobiq UFC jangchisi Jeronimo dos Santos Amazonka daryosining eng yirik chap irmog‘i bo‘lgan Rio-Negro daryosida cho‘milish vaqtida bedarak yo‘qoldi. Bu haqda Lance nashri xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Jeronimo mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da suvga tushgan va shundan so‘ng qayta suv yuzasiga chiqmagan. Kunning ikkinchi yarmidayoq qidiruv-qutqaruv ishlari boshlangan.
Mahalliy hokimiyat vakillarining ta’kidlashicha, hodisa daryoning xavfli hududida sodir bo‘lgan. Ushbu joyda qumli sayozlik ostida keskin chuqurlik va kuchli oqim mavjud.
Tergovning dastlabki taxminiga ko‘ra, Jeronimo aynan shu chuqurlikka tushib ketgan va kuchli oqim uni daryo bo‘ylab olib ketgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist