Sobiq UFC chempioni: \"Makgregor pul uchun emas, o‘z hayotini saqlab qolish uchun qaytdi\"
UFC sobiq chempioni Dominik Kruz Konor Makgregorning oktagonga qaytishi haqida fikr bildirib, irlandiyalik jangchi uchun bu qaror pul yoki shon-shuhratdan ham muhimroq bo‘lganini aytdi.
Kruzning fikricha, Makgregorning qaytishi moliyaviy manfaat bilan bog‘liq emas.
"Menimcha, Konor pul uchun emas, o‘zini va hayot tarzini saqlab qolish uchun qaytdi. Unga yana maqsad kerak edi. Jang qilish uning kimligini eslatib turadi," — dedi sobiq UFC chempioni.
Uning ta'kidlashicha, uzoq muddat sportdan uzoqda qolish va mashhur hayot tarzi Makgregorga salbiy ta'sir qilgan. Shu sababli oktagonga qaytish u uchun nafaqat sport, balki shaxsiy hayotidagi muhim burilish bo‘lishi kerak edi.
Eslatib o‘tamiz, Konor Makgregor UFC 329 turnirida besh yillik tanaffusdan so‘ng oktagonga qaytdi. Biroq uning Maks Holloueyga qarshi jangi atigi 69 soniya davom etdi — irlandiyalik jangchi tizzasidan og‘ir jarohat olib, bahsni davom ettira olmadi. Keyinchalik Makgregor operatsiya qilinishini va yana qaytishni maqsad qilganini ma'lum qildi.