Snow Polo World Cup — dunyoda yagona qor ustida o‘tkaziladigan “high goal” toifasidagi polo turniri yakunlandi
Shvetsariyada 25-yanvar kuni Snow Polo World Cup — dunyoda yagona qor ustida o‘tkaziladigan “high goal” toifasidagi polo turniri yakunlandi.
Nufuzli musobaqa 23–25-yanvar kunlari Shvetsariyaning Sankt-Morits shahrida, muzlab qolgan ko‘l ustida bo‘lib o‘tdi. Uch kun davomida olti jamoa, tarkibida 11 ta davlat vakillari bo‘lgan chavandozlar asosiy sovrin uchun bahs olib borib, yuqori sport mahorati va tomoshabop o‘yin namoyish etdilar.
Snow Polo World Cup 1985-yildan buyon o‘tkazib kelinadi. Ushbu musobaqa 41 yildan beri an’ana tarzida o’tkazilib kelinmoqda va bu musobaqaning uzoq tarixini tasdiqlaydi. Bu esa turnirning jahon polosi tarixidagi eng noyob va nufuzli musobaqalardan biri ekanini yana bir bor tasdiqladi.
Shvetsariya polo federatsiyasi prezidenti taklifiga binoan Osiyo federatsiyasi vitse-prezidenti Bahromjon Gaziyev musobaqada faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi. Uning tashrifi Osiyo va Yevropa federatsiyalari o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda o‘zaro aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qildi.
Sankt-Moritsdagi musobaqa an’anaviy ravishda dunyoning yetakchi sportchilari va federatsiyalar vakillarini jamlab, sport raqobati, hurmat va do‘stlik muhitini yaratadi. Bahromjon Gaziyevning ushbu turnirga tashrifi Osiyo federatsiyasining xalqaro nufuzini oshirishga qaratilgan muhim vakillik va diplomatik qadam sifatida baholandi.
25-yanvar kuni yakunlangan Snow Polo World Cup jahon miqyosida poloni ommalashtirishdagi o‘zining muhim va betakror o‘rnini yana bir bor namoyon etdi.