locale OZ

Slalomda eshkak eshish bo‘yicha yoshlar terma jamoamiz a’zolari jahon chempionatidagi ishtirokini boshladi

Krakovdagi (Polsha) ushbu U18, U23 jahon birinchiligida 51 davlatdan 445 nafar sportchi qatorida mamlakatimizning 6 nafar slalomchisi ham 24 ta medallar jamlanmasi uchun bahs olib boradilar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Slalomda eshkak eshish bo‘yicha yoshlar terma jamoamiz a’zolari jahon chempionatidagi ishtirokini boshladi
photo: suv sporti

Bugun slalomda eshkak eshish bo‘yicha yoshlar terma jamoamiz a’zolari jahon chempionatidagi ishtirokini boshladi.

Krakovdagi (Polsha) ushbu U18, U23 jahon birinchiligida 51 davlatdan 445 nafar sportchi qatorida mamlakatimizning 6 nafar slalomchisi ham 24 ta medallar jamlanmasi uchun bahs olib boradilar, bundan tashqari, 9 nafar amaldagi jahon chempionlari o‘z titulini himoya qiladi. Demak, bosh murabbiy Rustam Ruziyev hamda murabbiylar Alibek Temirgaliyev, Pavel Smirnov boshchiligidagi barcha atletlarimizni murossasiz bahslar kutmoqda. Biz esa ularga omad yor bo‘lsin deb qolamiz!

O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi:
Asilbek Ernazarov
Daniyar Islomov
Sherzod Kurbanaliyev
Samandar Saydullayev
Ibrohimjon Nosirjonov
Mustafo Matiboyev

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting