locale OZ

Slalomda eshkak eshish bo‘yicha U15 O‘zbekiston chempionati yakunlandi

Chempionat davomida yosh sportchilar o‘z mahorati, tezkorligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishini namoyish etgan tarzda murosasiz bahslarda kuch sinashdilar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Slalomda eshkak eshish bo‘yicha U15 O‘zbekiston chempionati yakunlandi
photo: suv sporti

17–20-iyun kunlari Toshkent shahrida slalomda eshkak eshish bo‘yicha U15 yosh toifasidagi sportchilar o’rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Musobaqada Toshkent shahri, Namangan, Farg‘ona, Andijon va Samarqand, Toshkent viloyatlaridan jami 180 nafar slalomchi, jumladan 24 nafar qiz ishtirok etdi.

Chempionat davomida yosh sportchilar o‘z mahorati, tezkorligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishini namoyish etgan tarzda murosasiz bahslarda kuch sinashdilar.

Musobaqa g‘olib va sovrindorlari:

K1 o’g’il bolalar
1-o'rin. Ashirboyev Murodjon (Toshkent shahri)
2-o'rin. Nuritdinov Nurjavoxir (Toshkent shahri)
3-o'rin. Umarov Jamal (Namangan)

C1 o’g’il bolalar
1-o'rin. Zokirov Sardorjon (Toshkent viloyati)
2-o'rin. Ashirboyev Murodjon (Toshkent shahri)
3-o'rin. Bayanov Dalerbek (Samarqand)

K1 qizlar
1-o'rin. Yoqubova Shaxina (Namangan)
2-o'rin. Mirzaliyeva Muqaddas (Namangan)
3-o'rin. Komiljonova Diyora (Namangan)

C1 qizlar
1-o'rin. Mirzaliyeva Muqaddas (Namangan)
2-o'rin. Komiljonova Diyora (Namangan)
3-o'rin. Umurzoqova Mohinur (Farg‘ona)

K1 o’g’il bolalar (ekstrim slalom)
1-o'rin. Nuritdinov Nurjavoxir (Toshkent shahri)
2-o'rin. Ashirboyev Murodjon (Toshkent shahri)
3-o'rin. Rustamjonov Anasxon (Namangan)

K1 qizlar (ekstrim slalom)
1-o'rin. Mirzaliyeva Muqaddas (Namangan)
2-o'rin. Jeleznova Alisa (Toshkent shahri)
3-o'rin. Umurzoqova Mohinur (Farg‘ona)


🇺🇿 O‘zbekiston slalomda eshkak eshish terma jamoasi safini munosib davom ettiradigan yangi iste’dodlar aynan mana shunday musobaqalarda shakllanadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting