locale OZ

Slalomda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi jahon chempionatida ishtirok etish uchun Krakovga yo‘l oldi

2026-yil 30-iyun – 5-iyul kunlari Polshaning Krakov shahrida slalomda eshkak eshish bo‘yicha U18 va U23 yosh toifasidagi sportchilar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Slalomda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi jahon chempionatida ishtirok etish uchun Krakovga yo‘l oldi
photo: suv sporti

Slalomda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi jahon chempionatida ishtirok etish uchun Krakovga yo‘l oldi.

2026-yil 30-iyun – 5-iyul kunlari Polshaning Krakov shahrida slalomda eshkak eshish bo‘yicha U18 va U23 yosh toifasidagi sportchilar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.
Nufuzli musobaqa oldidan Xalqaro kanoe federatsiyasi (ICF) tomonidan tashkil etilgan rasmiy xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini 26-iyun kuni Krakovdagi Kraków-Kolna Canoe Slalom Course majmuasida boshlandi. Ushbu yig‘inda dunyoning iqtidorli yosh sportchilari qatorida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi:
Asilbek Ernazarov
Daniyar Islomov
Sherzod Kurbanaliyev
Samandar Saydullayev
Ibrohimjon Nosirjonov
Mustafo Matiboyev

Murabbiylar:
Alibek Temirgaliyev
Pavel Smirnov


Jahon chempionatida sportchilarimiz K1, C1 hamda Kayak Cross yo‘nalishlarida yurtimiz sharafini himoya qiladilar.

O‘zbekiston milliy terma jamoasiga omad va zafarlar tilab qolamiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting