locale OZ

Slalomda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi jahon kubogining ketma-ket ikki bosqichida ham ishtirok etadi

5–7-iyun kunlari sportchilarimiz Chexiyaning Praga shahrida joylashgan “Troya” sun’iy slalom trassasida o‘tkaziladigan jahon kubogining II bosqichida qatnashishadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Slalomda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi jahon kubogining ketma-ket ikki bosqichida ham ishtirok etadi
photo: suv sporti

Slalomda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi jahon kubogining ketma-ket ikki bosqichida ham ishtirok etadi.

5–7-iyun kunlari sportchilarimiz Chexiyaning Praga shahrida joylashgan “Troya” sun’iy slalom trassasida o‘tkaziladigan jahon kubogining II bosqichida qatnashishadi. Shundan so‘ng, 12–14-iyun sanalarida terma jamoamiz Germaniyaning Augsburg shahrida bo‘lib o‘tadigan jahon kubogining III bosqichida ham o‘z ishtirokini davom ettiradi.

Sportchilarimiz nufuzli xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish va unda munosib ishtirok etish maqsadida ertaga Praga shahriga jo‘nab ketishadi.

Terma jamoamiz tarkibi:
Anvar Klevleev
Pavel Eygel
Janibek Temirgaliyev
Samandar Saydullayev

Murabbiylar shtabi:
Rustam Ruziyev
Samuel Obrador Xernanz

Eslatib o‘tamiz, ushbu muhim musobaqalardan so‘ng sportchilarimizni yana bir yirik start - AQSHning Oklaxoma-Siti shahrida 20–25-iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan slalomda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati kutib turibdi.

Terma jamoamizga xalqaro maydonlarda omad, yorqin chiqishlar va yuqori natijalarni tilab qolamiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting