locale OZ

Slalomda eshkak eshish bo’yicha joriy yildagi mavsum yakunlandi, ammo mashg’ulotlar davom etmoqda

O’zbekiston terma jamoasi a’zolari jahon kuboklari, Osiyo va jahon chempionatlarida ishtirok etishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Slalomda eshkak eshish bo’yicha joriy yildagi mavsum yakunlandi, ammo mashg’ulotlar davom etmoqda
photo: Akademik eshkak eshish

Toshkent shahridagi Bo’z suv kanalida hamda sport zalda turli yosh toifasidagi sportchilar o’z mashg’ulotlarini murabbiylar - Rustam Ruziyev, Alibek Temirgaliyev, Izzatilla Rahmatullayev va Alelsey Zubarev boshchiligida davom ettirishmoqda. Sportchilar orasida eng kichik yoshdagi slalomchi - Ruslan Gibadulin 10 yoshda. Ular qatorida Osiyo chempionlari, milliy terma jamoamizning asosiy tarkibidagi Janibek Temirgaliyev, Sherzod Kurbalaniyev, shuningdek, Andijon maktabi tarbiyalanuvchisi Maksim Ochkas ham bor.

Ushbu mavsumda murabbiylar nafaqat mahalliy musobaqalarda balki xalqaro startlarda o’z natijalarini ko’rsatgan sportchilarni saralb olishdi va aynan ular 2026-yilda yurtimiz sharafini jahon maydonida himoya qilishadi. Albatta umid qilamizki, yigitlar qatorida qizlarning chiqishini ham kuzatamiz.

Eslatib o’tamiz, 2025-yil mavsumida slalomda eshkak eshish bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari jahon kuboklari, Osiyo va jahon chempionatlarida ishtirok etib, medallarga ega chiqishdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting