locale OZ

Slalomchilarimiz Osiyo chempionatida 6 ta medal qoʻlga kiritishdi

Terma jamoamiz mazkur qitʼa birinchiligini 1 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan yakunladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Slalomchilarimiz Osiyo chempionatida 6 ta medal qoʻlga kiritishdi
Фото: Olympic.uz

Xitoyning Siyasi shahrida slalomda eshkak eshish boʻyicha Osiyo chempionati yakuniga yetdi. Musobaqaning soʻnggi kunida Oʻzbekiston terma jamoasi hisobiga 1 tadan oltin va bronza medallari qoʻshildi.

Oltin medalga baydarkachi Jonibek Temirgaliyev kross yoʻnalishida sazovor boʻldi. Qolaversa, u klassik slalom dasturida shohsupaning uchinchi pogʻonasidan joy oldi.

Shu tariqa, terma jamoamiz mazkur qitʼa birinchiligini 1 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan yakunladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting