Sirdaryodagi yengil atletika musobaqalari bilan hududiy bosqich bahslari yakunlandi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Sirdaryo viloyatida “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” musobaqalarining yengil atletika bahslari bo‘lib o‘tdi. “O‘zbekiston-Xitoy” do‘stlik bog‘ining sport majmuasida tashkil etilgan bellashuvlarda 200 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etdi.
Ahamiyatlisi, bu musobaqa butun Respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” musobaqasining 2-bosqichi doirasidan o‘rin olgan so‘nggi dastur bo‘ldi.
Yakunida o‘z yo‘nalishida g‘alaba qozongan qatnashchilar Prezident Olimpiadasida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist