locale OZ

Sirdaryoda “Yangi O‘zbekiston – Olimpiya cho‘qqilari” musobaqasining mintaqaviy bosqichi qizg‘in davom etmoqda

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Guliston tumani sport maktabida Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakat bo‘ylab ommaviy tarzda o‘tkazilayotgan “Yangi O‘zbekiston – Olimpiya cho‘qqilari” musobaqasining taekvondo WT yo‘nalishi bo‘yicha mintaqaviy bosqich bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Tantanali ochilish marosimida Guliston tumani hokimi Olimjon Jo‘rayev, viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Dilshod Daniyarov, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining Sirdaryo viloyati bo‘limi ijrochi direktori Bahodurxo‘ja Eshonov, O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasining hududlar bilan ishlash bo‘yicha mas’uli Husniddin Xo‘jamqulov hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari, yosh sportchilar va murabbiylar ishtirok etdi.

Bellashuvlarda Sayxunobod, Sirdaryo, Guliston tumanlari va Guliston shahridan kelgan sport maktablari hamda sport klublari tarkibidagi yoshlar 10 ta vazn toifasida g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar medal, diplom va maxsus sport liboslari bilan taqdirlandi hamda “Yangi O‘zbekiston – Olimpiya cho‘qqilari” musobaqasining viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting