locale OZ

Sirdaryoda voleybol sport turi boʻyicha xalqaro darajadagi seminar tashkil etildi

Tadbirda xalqaro tajribaga ega mutaxassislar, murabbiylar ishtirok etdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sirdaryoda voleybol sport turi boʻyicha xalqaro darajadagi seminar tashkil etildi
Фото: Сирдарё вилояти спорт бошқармаси

Sirdaryo viloyatida voleybol sporti rivojiga bagʻishlangan oʻquv-seminar boʻlib oʻtdi.

Bu tadbirda xalqaro tajribaga ega mutaxassislar, murabbiylar ishtirok etdi.

Mazkur seminar FIVB (Xalqaro voleybol federatsiyasi) instruktori Moro Branislav, Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi raisi oʻrinbosari Jamshid Fayziyev, Sirdaryo viloyati IIB mas'ul xodimi Sherzod Abdukarimov hamda Sirdaryo viloyati sport boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi.

Tadbir davomida viloyatdagi voleybol murabbiylari hamda sport mutaxassislari ishtirokida ochiq muloqot oʻtkazildi. Unda voleybol sport turining oʻquv jarayoniga zamonaviy yondashuvlar, xalqaro standartlar asosida mashgʻulotlar tashkil etish, sportchilarni tayyorlash sifati va metodikasini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting