Sirdaryoda phygital sport bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining mintaqaviy bosqichi boshlandi
Sirdaryo viloyati Guliston davlat pedagogika instituti sun’iy qoplamali maydonida phygital futbol (FIFA 24, 5x5 formati), phygital basketbol (3x3 EA), lazerteg va Just Dance yo‘nalishlari bo‘yicha iqtidorli sportchilarni aniqlash maqsadida O‘zbekiston chempionatining mintaqaviy bosqichiga start berildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi xabar bermoqda.
Turnirning ilk kuni phygital futbol (FIFA 24, 5x5 formati) yo‘nalishi bo‘yicha bahslar bo‘lib o‘tdi. Unda 11 ta jamoa, jami 88 nafar sportchi ishtirok etdi. Musobaqa keskin va murosasiz bahslarga boy bo‘ldi.
Natijalarga ko‘ra:
Olimpik (Toshkent vil)
Sardoba tumani (Sirdaryo vil)
Guliston davlat pedagogika instituti (Sirdaryo vil)
Musobaqa jarayonlari 23 oktyabrga qadar davom etadi. G‘olib bo‘lgan 1- va 2-o‘rin sohiblari O‘zbekiston chempionatining respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.