locale OZ

Sirdaryoda mini-futbol bo‘yicha «Viloyat hokimi kubogi»ga start berildi

Mini-futbol bahslari dekabr oyigacha davom etadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sirdaryoda mini-futbol bo‘yicha 'Viloyat hokimi kubogi'ga start berildi
Фото: Sirdarya Football Association

Bugundan boshlab Sirdaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan idora va tashkilotlardan shakllantirilgan 49 ta jamoalar guruhlarga bo‘lingan holda g‘oliblik uchun kuch sinashishni boshlashdi.

1-kun natijalariga ko‘ra Investitsiyalar boshqarmasi, Ichki ishlar boshqarmasi, Mikrokredit bank, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Quy Sirdaryo ITXБ, Milliy bank, Viloyat hokimligi, DXX, Tibbiyot klasteri jamoalari o‘z raqiblarini mag‘lub etib uch ochkoni qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, Soliq boshqarmasi va Markaziy bank 5:5 hisobida durang qayd etishdi.

Ma’lumot uchun, shanba va yakshanba kunlari o‘tkazilayotgan mini-futbol bahslari dekabr oyigacha davom etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting