Sirdaryoda maktab o‘quvchilari sport sinovlaridan o‘tmoqda
Sirdaryo viloyatida yoshlarning jismoniy salohiyatini oshirishga qaratilgan sport sinovlari izchil davom etmoqda.
Jumladan, Shirin shahridagi 2-umumta’lim maktabida o‘quvchilarning “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari belgilangan normativlar asosida tashkil etildi. Sinov jarayonlari jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari tomonidan yuqori saviyada olib borildi.
Mazkur sinovlarda 7 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar faol ishtirok etib, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z kuch va mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar:
60 metrga pastki startdan yugurish
3x10 metrga mokisimon yugurish
Arg‘amchida sakrash
Basketbol to‘pini savatga tashlash
Bu kabi tadbirlar yoshlarni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirib, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirmoqda.