locale OZ

Sirdaryoda havaskorlar va sportchilar o‘rtasida «Men g‘olib» ommaviy yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan munosib taqdirlandilar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
  Sirdaryoda havaskorlar va sportchilar o‘rtasida «Men g‘olib» ommaviy yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi
Фото: Сирдарё вилояти спорт бошқармаси

ugun erta tongdan Guliston shahri yugurish sport turiga qiziquvchi
yoshlar bilan gavjum bo‘ldi.

Xususan 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, sportchilar hamda havaskor yoshlar ishtirokida “Men g‘olib” shiori ostida ommaviy yugurish marafoni yuqori saviyada tashkil etildi.

Tadbirning ochilish marosimida so‘zga chiqqan mutasaddilar ishtirokchilarga omad va zafar tilab, bunday sport tadbirlari yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidlab o‘tdilar.

Tadbir yakunida marafonda faol ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etgan g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan, medal hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan munosib taqdirlandilar.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting