Sirdaryoda davlat xususiy sheriklik shartlari asosida sport inshooti faoliyati yo’lga qo’yildi
Bugungi kunda yurtimizda tadbirkorlarga keng imkoniyatlar yaratib berilayotganligi natijasida sport sohasida ham xususiy sektor ulushi ortib bormoqda.
Hususan Guliston shahrida joylashgan suzish havzasi “Miss Fitness” MCHJ tomonidan qaytadan ta’mirlanib, jihozlangan holda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida foydalanishga topshiridi.
Tadbirda Sirdaryo viloyati Sport boshqarmasi, Milliy Olimpia qo’mitasining Sirdaryo viloyati bo’limi rahbarlari, nuroniylar, sport faxriylari, yosh sportchilar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
So‘zga chiqqanlar ushbu suzish havzasi sportni yanada ommalashtirish, barcha aholi vakillari salomatligini mustahkamlash uchun ham xizmat qilishini alohida ta'kidlab o’tishdi.
Tadbir yakunida mehmonlar sport inshoatida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.