locale OZ

Sirdaryoda «Besh tashabbus» olimpiadasining respublika final bosqichi start oldi

Musobaqalar 17–20 noyabr kunlari davomida oʻtkaziladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sirdaryoda «Besh tashabbus» olimpiadasining respublika final bosqichi start oldi
Фото: Спорт вазирлиги

Bugun Guliston davlat universiteti Markaziy stadionida “Besh tashabbus olimpiadasi” ommaviy sport musobaqalarining respublika final bosqichi boshlandi.

Musobaqalar 17–20 noyabr kunlari davomida Guliston davlat universiteti, shahardagi boshqa oliy ta'lim muassasalari hamda zamonaviy sport inshootlarida oʻtkaziladi. Bu yilgi final bosqich mamlakat boʻylab saralangan, oʻz yoʻnalishi boʻyicha peshqadam boʻlgan 700 nafarga yaqin iqtidorli va faol talaba-yoshlarni bir maydonga jamladi.

Ochilish marosimini Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov, Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Sport vaziri Adxam Ikramov va Guliston davlat universiteti rektori Muhsin Hojiyev kirish soʻzlari bilan ochib berdilar.

Final bosqichda sportchi-talabalar quyidagi sport turlari boʻyicha bellashmoqda:
- mini-futbol
- voleybol
- engil atletika
- stol tennisi
- stritbol

“Besh tashabbus” olimpiadasi nafaqat oliy ta'lim muassasalarida, balki keng jamoatchilik orasida ham sogʻlom turmush tarziga boʻlgan munosabatni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
Dastlabki bosqichlarda 168 ta oliy ta'lim muassasasidan 465 mingdan ortiq talaba, 345 mingga yaqin kasbiy ta'lim muassasalari oʻquvchilari musobaqa jarayonlariga qamrab olindi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting