Sirdaryoda «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida sport musobaqalari davom etmoqda
Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Sirdaryo viloyatida yoshlar va aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga qaratilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” tadbirlari yuqori ruhda davom etmoqda.
Jumladan, Shirin shahar Do‘stlik mahallasida mazkur olimpiada doirasida xalq o‘yinlariga bag‘ishlangan sport musobaqalarining mahalla bosqichi tashkil etildi.
Musobaqalarda ishtirokchilar quyidagi sport turlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar:
Arqon tortish
Tosh ko‘tarish
Armrestling
Mas-restling
Bellashuvlar qizg‘in va murosasiz ruhda o‘tib, ishtirokchilar o‘z kuch-qudrati, chidamliligi va matonatini namoyon etdilar.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist