locale OZ

Sirdaryoda belbog‘li kurashga bag‘ishlangan Xalqaro konferensiya o‘tkazildi

Tadbir milliy sportimiz — belbog‘li kurashni yanada ommalashtirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va sohani yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sirdaryoda belbog‘li kurashga bag‘ishlangan Xalqaro konferensiya o‘tkazildi
photo: Kurash Uzbekistan

Sirdaryoda belbog‘li kurashga bag‘ishlangan Xalqaro konferensiya o‘tkazildi.

Joriy yilning 14-fevral kuni Shirin shahar Energetika texnikumida “Belbog‘li kurash: salohiyat, yutuqlar va yangi imkoniyatlar” mavzusida Xalqaro miqyosidagi ma’rifiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Mazkur anjumanda Sirdaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan barcha sport ta’lim muassasalari belbog‘li kurash trenerlari, Xalqaro soha faxriy ustozlari hamda iqtidorli sportchilar ishtirok etadi.

Konferensiya doirasida:
— 2025-yilda erishilgan yutuqlar tahlil qilindi;
— 2026-yilga mo‘ljallangan aniq reja va vazifalar belgilandi;
— tajriba almashish, ustoz–shogird an’analarini mustahkamlash masalalari muhokama etildi.

Tadbir milliy sportimiz — belbog‘li kurashni yanada ommalashtirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va sohani yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting