Sirdaryo viloyatida fidjital sport bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining mintaqaviy bosqichi davom etmoqda
Sirdaryo viloyati Guliston olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida Fidjital futbol (FIFA 24, 5x5 formati), fidjital basketbol (3x3 EA), lazertag va Just Dance yo‘nalishlari bo‘yicha iqtidorli sportchilarni aniqlash hamda milliy terma jamoani shakllantirish maqsadida O‘zbekiston chempionatining mintaqaviy bosqichi davom etmoqda.
Turnirning ikkinchi kuni fidjital basketbol (3x3 EA) yo‘nalishi bo‘yicha bahslar bo‘lib o‘tdi. Unda 18 ta jamoa, jami 72 nafar sportchi ishtirok etdi. Musobaqa keskin va murosasiz bahslarga boy o‘tdi.
Natijalarga ko‘ra.
Oltin. BK SKA (Toshkent vil)
Kumush. Sirdaryo terma jamoasi (Sirdaryo vil)
Bronza. Play next (Toshkent vil)
Musobaqa jarayonlari 23-oktabrga qadar davom etadi. G‘olib bo‘lgan 1- va 2-o‘rin sohiblari O‘zbekiston chempionatining respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.