locale OZ

Sirdaryo viloyati, Xovos tumani 1- va 2-sonli sport maktablariga zamonaviy sport jihozlari va sport formalari ajratib berildi

Ushbu jihozlar mashg‘ulotlar sifatini oshirish, sportchilarning jismoniy va texnik tayyorgarligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sirdaryolik yoshlarga sport jihozlari va sport formalari topshirildi
photo: sport vazirligi

Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish hamda murabbiylar va sportchilar uchun mashg‘ulot jarayonlarida qulay sharoitlar yaratish maqsadida Sirdaryo viloyati, Xovos tumani 1- va 2-sonli sport maktablariga zamonaviy sport jihozlari va sport formalari ajratib berildi.

Tadbir davomida jamoaviy va yakka kurash sport turlari, jumladan voleybol, futbol, basketbol, gandbol, boks, kurash, taekvondo kabi sport yo‘nalishlari uchun zarur bo‘lgan anjomlar sport maktablari ixtiyoriga topshirildi.

Xususan, 12 nomdagi jami 844 dona sport jihozlari hamda 2 nomdagi 558 dona sport formalari sportchilar va murabbiylar foydalanishi uchun berildi. Ushbu jihozlar mashg‘ulotlar sifatini oshirish, sportchilarning jismoniy va texnik tayyorgarligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting