locale OZ

Sinquefield Cup 2025: Nodirbek Abdusattorov startda mag'lub bo‘ldi

Sent-Luisdagi nufuzli turnirda birinchi tur bahslari yakunlandi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz

AQShning Sent-Luis shahrida mukofot jamg‘armasi 350 ming dollarga teng bo‘lgan Sinquefield Cup 2025 turniri start oldi. Grand Chess Tour’ning yakuniy klassik bosqichi aylana tizimda 9 turdan iborat bo‘lib, 29 avgustgacha davom etadi. Bu bosqich GCT ochkolari uchun so‘nggi imkoniyat hisoblanadi.

Birinchi turda o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov amerikalik Levon Aronyanga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi. Uchrashuv to‘rt soatdan oshiq davom etdi va Nodirbek vaqt tanqisligi sabab endshpil bosqichida xatoga yo‘l qo‘ydi. Shu tariqa, Aronyan bir necha kun oldin Abdusattorovdan blitsdagi ikki mag‘lubiyati uchun revanj oldi.

Kunning eng yirik g‘alabasi hind grossmeysteri Rameshbabu Pragg’nanandha hisobiga yozildi. U vatandoshi, amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommarajuni mag‘lub etdi. Qolgan uchta bahsda raqiblar durangga rozi bo‘lishdi.

Sinquefield Cup 2025. 1-tur natijalari:
• Sem Sevian (AQSh) – Uesli So (AQSh) – ½:½
• Maksim Vashye-Lagrav (Fransiya) – Alireza Firuzja (Fransiya) – ½:½
• Nodirbek Abdusattorov (O‘zbekiston) – Levon Aronyan (AQSh) – 0:1
• Rameshbabu Pragg’nanandha (Hindiston) – Gukesh Dommaraju (Hindiston) – 1:0
• Fabiano Karuana (AQSh) – Yan-Krishtof Duda (Polsha) – ½:½

2-tur juftliklari (22:00, Toshkent vaqti):
• Pragg’nanandha – Karuana
• Aronyan – Sevian
• So – Vashye-Lagrav
• Firuzja – Duda
• Gukesh – Abdusattorov

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting