Singapurda WADA prezidenti bilan uchrashuv tashkil etildi
Dopingga qarshi kurash va xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz
Singapurda bo‘lib o‘tgan uchrashuv doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari Butunjahon antidoping agentligi (WADA) prezidenti Vitold Banka bilan uchrashishdi. Muzokaralarda O‘zbekiston tomonidan sport vaziri Adham Ikramov, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov hamda MOQ bosh kotibi Oybek Qosimov ishtirok etdi.
Suhbat chog‘ida sportchilarning sog‘ligini muhofaza qilish, dopingga qarshi kurash tizimini yanada mustahkamlash, xalqaro tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Bakradze Iman
Redaktor