locale OZ

Singapurda Asia Aquatics’ning navbatdan tashqari Bosh Qurultoyi bo‘lib o‘tdi

Qurultoyda O‘zbekiston vakili ham qatnashdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Telegram

Singapurda o‘tkazilayotgan suv sport turlari bo‘yicha jahon chempionati doirasida Asia Aquatics’ning navbatdan tashqari Bosh Qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Qurultoyda Asia Aquatics rahbariyati, World Aquatics prezidenti Xuseyn Al-Musallam, qit'adagi milliy federatsiyalar vakillari hamda “Uzbekistan Aquatics” federatsiyasi vitse-prezidenti va bosh kotibi Ruslan Mustaev ishtirok etdi.

Anjumanda qatnashchilar rasmiy ro‘yxatdan o‘tib, Asia Aquatics prezidenti ochilish nutqini tinglashdi. Bosh murojaat bilan World Aquatics rahbari Xuseyn Al-Musallam so‘zga chiqdi. Kun tartibi doirasida unga Asia Aquatics’ning Faxriy prezidenti unvonini berish taklifi ko‘rib chiqildi va tashkilotning 2024–2025 yillardagi faoliyati haqida hisobot taqdim etildi.

Shuningdek, 2025 yil 10 may kuni Quvaytda bo‘lib o‘tgan Asia Aquatics Ijroiya kengashi yig‘ilishida qabul qilingan qarorlar muhokama qilinib, tasdiqdan o‘tkazildi. 2024 yil fevralda boshlangan yangi hisobot davri uchun moliyaviy hisobot ham taqdim etildi.

Tashkiliy masalalar qatorida Vyetnamdan Byuro a’zosining iste’fosi va uning o‘rniga yangi nomzodni tasdiqlash muhokama qilindi. Shu bilan birga, navbatdagi Bosh Qurultoy sanasi va o‘tkazilish joyi belgilab olindi. Yig‘ilish kun tartibi ishchi masalalar muhokamasi bilan yakunlandi.

Asia Aquatics Bosh Qurultoyining o‘tkazilishi Osiyo mintaqasida suv sport turlarini rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting