locale OZ

Singapur gran-prisi: Tarix va unutilmas g'alabalar

Mavsumning 17-bosqichi — Singapur Gran-prisi Marina Bay Street Circuit shahar trassasida bo‘lib o‘tadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Singapur gran-prisi: Tarix va unutilmas g'alabalar
photo: Autosport Uzbekistan

Mavsumning 17-bosqichi — Singapur Gran-prisi Marina Bay Street Circuit shahar trassasida bo‘lib o‘tadi. Projektorlar yorug‘ligi, trassaga yaqin joylashgan to‘siqlar va shahar ko‘chalaridagi keskin kurash ushbu poygani Formula-1 taqvimidagi eng taniqli musobaqalardan biriga aylantirgan.

Ilk Singapur Gran-prisi 2008-yilda o‘tkazilgan bo‘lib, unda Renault jamoasi piloti Fernando Alonso g‘alaba qozongan. 2025-yilda bo‘lib o‘tgan so‘nggi poygada esa Mercedes jamoasi vakili Jorj Rassell g‘olib bo‘lgan.

O‘tgan yillar davomida Singapur Gran-prisi ko‘plab unutilmas voqealarga boy bo‘ldi. Bu yerda pilotning aniqligi va jamoaning strategiyasi alohida ahamiyatga ega — ba’zan poyga taqdirini bitta pit-stop hal qiladi.

2019-yilda aynan shunday voqea yuz bergan. Sebastyan Fettel poygani uchinchi o‘rindan boshlagan, biroq ertaroq amalga oshirilgan pit-stop va yangi shinalardagi tezkor aylana unga jamoadoshi Sharl Leklerdan o‘zib ketish imkonini bergan. Ferrari esa poygani ikki karra g‘alaba bilan yakunlagan.

Fettel uchun ushbu g‘alaba Formula-1 faoliyatidagi 53-g‘alabasi va ayni paytda so‘nggisi bo‘ldi. Bu natija tungi Singapur Gran-prisi tarixida alohida o‘rin egalladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting