Sindarov va Gukesh matchi qayerda bo'lib o'tadi?
Bahs 2026-yil 23-noyabrdan 17-dekabrgacha o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Chess Uzbekistan
FIDE 2026-yilgi jahon chempionati bahsini o‘tkazish uchun mezbonlik arizalarini qabul qila boshladi. Ushbu matchda amaldagi chempion Gukesh va yurtdoshimiz Javohir Sindarov o‘zaro kuch sinashadi. Bahs 2026-yil 23-noyabrdan 17-dekabrgacha o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Mazkur tadbir 25 kungacha davom etadi va uning reglamenti 2026-yil 1-iyulgacha tasdiqlanishi lozim. Turnirning umumiy byudjeti taxminan 8,5 million dollarni tashkil etadi. Shundan kamida 2,5 million dollar sovrin jamg‘armasiga ajratilishi kerak, FIDE badali esa 1,1 million dollar etib belgilangan.
Arizalar 2026-yil 31-maygacha qabul qilinadi. Zarurat tug‘ilganda FIDE ushbu muddatni uzaytirishi mumkin.
Ibrohim Jalolov
Redaktor