locale OZ

Sindarov jahon chempionatida uchinchi kunning eng yaxshi shaxmatchisi deb e’tirof etildi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Jahon shaxmat ishqibozlarining e’tibori hozirgi kunlarda Buyuk Britaniyaning London shahrida bo‘lib o‘tayotgan jamoaviy Jahon chempionatiga qaratilgan. Musobaqa rapid va blits yo‘nalishlarida tashkil etilmoqda.

14 iyun kuni (uchinchi kun) rapid bahslari o‘z nihoyasiga yetdi. O‘zbekiston terma jamoasi 17 ochko to‘plab, qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra 55 jamoa orasida 4-o‘rinni egalladi. Kuchli uchlikni yakunlagan jamoa ham shuncha ochko jamg‘argani biz uchun biroz alamli bo‘ldi.

Shu bilan birga, quvonarli natijalar ham qayd etildi. Ikkinchi taxtada barcha uchrashuvlarda mag‘lubiyatsiz o‘ynagan Javohir Sindarov shaxsiy hisobda oltin medalga sazovor bo‘ldi. U 14 iyun kunining — ya’ni rapid musobaqasining so‘nggi kunining — eng yaxshi shaxmatchisi deb e’lon qilindi. Shuningdek, Nodirbek Abdusattorov birinchi taxtada kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting