locale OZ

Sindarov favorit, ammo jahon tojiga yo‘l oson bo‘lmaydi — Yan Nepomnyashchiy

Bu haqda "Uzchesss" loyihasining rasmiy sahifasida xabar berildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sindarov favorit, ammo jahon tojiga yo‘l oson bo‘lmaydi — Yan Nepomnyashchiy
Фото: Chess Uzbekistan

Jahon chempionligi uchun ikki marta kurashgan rossiyalik grossmeyster Yan Nepomnyashchiy "The Hindu" nashriga bergan intervyusida Javohir Sindarov va Gukesh o‘rtasidagi bo‘lajak bahs haqida fikr bildirdi.

Grossmeysterning ta’kidlashicha, jahon chempionligi uchun bahs oddiy turnirdan butunlay farq qiladi.

“Turnirda bir partiyani yomon o‘tkazsangiz, keyingi raqibni yutib, vaziyatni o‘nglashingiz mumkin. Bu yerda esa doim bitta raqibga qarshi o‘ynaysiz. Sindarov va Gukesh juda yosh. Bu yoshda sport formasi tez o‘zgarishi mumkin. Hozir Sindarov katta favorit, ammo imkoniyatlarni 80:20 deb baholamagan bo‘lardim. Menimcha, 65:35 nisbati haqiqatga yaqinroq”, — degan Nepomnyashchiy.

Shuningdek, rossiyalik grossmeyster dastlabki partiyaning ahamiyatini alohida ta’kidlagan. Uning fikricha, Sindarov g‘alaba bilan boshlasa, ustunligini yanada oshirishi mumkin. Bahs Gukeshning g‘alabasi bilan boshlansa, turnirning keyingi o‘yinlari butunlay o‘zgarishi mumkin.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting