locale OZ

Silk Way Series Astana 2026 : O'zbekiston terma jamoasi yana 3 ta medalni qo'lga kiritdi

C1 klassda o'tayotgan poygalarning "Elimination" hamda "Madison" dasturida naqt 3 ta medal qo'lga kiritildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Silk Way Series Astana 2026 : O'zbekiston terma jamoasi yana 3 ta medalni qo'lga kiritdi
photo: velosport Uzbekistan

"Silk Way Series Astana 2026" : O'zbekiston terma jamoasi yana 3 ta medalni qo'lga kiritdi

Avvalroq xabar berganimizdek, Qozog'istonning Ostona shahrida velosportning trek yo'nalishi bo'yicha "Silk Way Series Astana 2026" xalqaro musobaqasi bo'lib o'tmoqda. Unda O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zolari ham ishtirok etib, musobaqaning ikkinchi kunida shohsupadan joy olishdi.

C1 klassda o'tayotgan poygalarning "Elimination" hamda "Madison" dasturida naqt 3 ta medal qo'lga kiritildi.

Erkaklar o'rtasidagi "Elimination" dasturida Sergey Rostovtsev barchani ortda qoldirib musobaqa g'olibiga aylandi. Shuningdek, ayollar o'rtasida o'tgan "Madison" poygasida Samira Ismoilova hamda Asal Rizayeva juftligi raqobatchilariga qaraganda ancha yosh bo'lishiga qaramay 3-o'rinni egalladi. Qiziq tomoni g'oliblikni qo'lga kiritgan juftlik mikst ko'rinishida qatnashdi. Unda O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Nafosat Koziyeva va litvalik Gedraytite Akvile birinchi o'rin bo'ldi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting