locale OZ

Shveysariyaning Lozanna shahrida, nufuzli IMD Business School — Olimpiya poytaxtida, 30 martdan 1 aprelgacha 15-FEI Sport forumi 2026 bo‘lib o‘tdi

Forum xalqaro tajriba almashish, hamkorlikni mustahkamlash va ot sportini rivojlantirish bo‘yicha muhim qarorlar qabul qilish imkonini berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shveysariyaning Lozanna shahrida, nufuzli IMD Business School — Olimpiya poytaxtida, 30 martdan 1 aprelgacha 15-FEI Sport forumi 2026 bo‘lib o‘tdi
photo: Ot sporti Uzbekistan

Shveysariyaning Lozanna shahrida, nufuzli IMD Business School — Olimpiya poytaxtida, 30 martdan 1 aprelgacha 15-FEI Sport forumi 2026 bo‘lib o‘tdi. Mazkur forum 230 dan ortiq ishtirokchini jamladi.

Ushbu forumda O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi prezidenti, Osiyo ot sporti federatsiyasi vitse-prezidenti va FEI Solidarity departamenti kengashi a’zosi — Gaziyev Baxromjon faol ishtirok etdi.

Uch kun davomida muhokama qilindi:
• yosh sportchilarning yuksak sport darajasiga bosqichma-bosqich o‘tishi va ularni qo‘llab-quvvatlash;
• Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari 2028 yilgi reglamentlari;
• ot sportining ot yo’rttirish (viyezdka va para-viyezdka) yo’nalishi bo‘yicha yangilanishlar;
• FEI marketing va kommunikatsiya strategiyasi;
• veterinar masalalar, jumladan qoidalarni takomillashtirish, tadqiqotlar va mas’uliyat;
• otlarning farovonligi va xavfsizligi;
• yangi FEI Event Stable Manager sertifikati (FEI Solidarity doirasida);
• kelgusi xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik, jumladan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari.

Forum xalqaro tajriba almashish, hamkorlikni mustahkamlash va ot sportini rivojlantirish bo‘yicha muhim qarorlar qabul qilish imkonini berdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting