locale OZ

Shuhratbek Abdurahmonov Osiyo Bahodirlar oʻyinlari federatsiyasi prezidenti etib saylandi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shuhratbek Abdurahmonov Osiyo Bahodirlar oʻyinlari federatsiyasi prezidenti etib saylandi
Photo: Andijon viloyati hokimligi

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Osiyo Bahodirlar oʻyinlari federatsiyasi prezidenti etib saylandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Xonobod shahrida tashkil etilgan “Etno strongman games” (Bahodirlar oʻyini) boʻyicha jahon kubogi va tosh koʻtarishda jahon chempionati doirasida Osiyo Bahodirlar oʻyinlari va tosh koʻtarish federatsiyasining ta'sis konferensiyasi oʻtkazildi.

Muqaddam Osiyo mintaqasida sportning mazkur yoʻnalishi boʻyicha federatsiya mavjud boʻlmay kelgan. Osiyoning qator davlatlaridagi ushbu sport yoʻnalishi vakillari va sportchilar ishtirok etgan ta'sis konferensiyasida Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Osiyo Bahodirlar oʻyinlari va tosh koʻtarish federatsiyasining prezidenti etib saylandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting